Foto: Balkan Insight

Moldova parlamenti tarqatib yuborildi

/

Moldova prezidenti Mayya Sandu parlament tarqatib yuborilishi haqidagi farmonni imzoladi va muddatdan avval parlament saylovlari o‘tkaziladigan sanani belgiladi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda parlament saylovlari 11 iyulda bo‘lib o‘tadi.

«Biz bu korrupsiyalashgan parlamentdan tezroq qutulishimiz lozim. Uning deputatlari qing‘ir ishlarni qo‘llab-quvvatlaydi va fuqarolarni talaydi. Hurmatli hamyurtlar, endi tanlov sizning qo‘lingizda. Biz yangi parlament saylashimiz, mas’uliyatli hukumat shakllantirishimiz va mamlakatni normal holatga qaytarishimiz kerak», deb aytgan Sandu jurnalistlarga.

Moldova prezidentining ta’kidlashicha, hukumat saylov kampaniyasini moliyalashtirish uchun mablag‘ ajratishi, Markaziy saylov komissiyasi esa erkin va adolatli saylovlar o‘tkazilishi uchun sharoit yaratishi kerak.

Moldova konstitutsiyaviy sudi 15 aprelda parlamentni tarqatish uchun barcha asoslar borligi haqida qaror chiqargan. Bunga parlamentning 3 oy ichida hukumatni shakllantira olmayotgani sabab bo‘lgan.

Latest from Blog