Moʻgʻulistonda yangi vabo qayd etildi

Moʻgʻulistonda yangi bubon vabosi qayd etildi, deb xabar berdi Sinxua yangiliklar agentligi “Zoonoz” kasalliklari milliy markaziga asoslanib. Tafsilotlarga koʻra, kasallik Xovd viloyatida 25 yoshli mahalliy ayol yumronqoziq goʻshtini isteʼmol qilganidan keyin tarqaldi.

rus.postimees.ee

Kasal ayol shifoxonaga yotqizildi, laboratoriya tekshiruvlari tashxisni tasdiqladi. Endi vabo tarqalishining oldini olish uchun kasallarning kimlar bilan aloqa qilgani tekshirilmoqda. Qiz bilan aloqada boʻlgan 19 kishi izolyatsiya qilingan.

Maʼlumot uchun, yil boshidan buyon Moʻgʻulistonda 20 dan ortiq bubon vabo kasalligi qayd etilgan. Oʻtgan oyning oʻzida Xovd viloyatida 42 yoshli erkak oʻlatdan vafot etdi, shuningdek, Gov-Oltoy viloyatidagi 15 yoshli oʻspirin iyul oyida vafot etdi, sentabr oyida Zavxon viloyatida yana bir oʻlim qayd etildi.

Moʻgʻulistonda koʻpincha vabo tashuvchisi boʻlgan marmot(yumronqoziq)larni ovlash taqiqlanadi. Biroq, moʻgʻullar marmotni ovlashda va yeyishda davom etmoqda, chunki ular bu jonzotni sogʻlik uchun foydali deb hisoblashadi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog