Misrda 3700 yillik piramida qoldiqlari topildi


Misrda 3700 yillik piramida qoldiqlari topildi.

Misr antik asarlar vazirligi ma’lum qilishicha, arheologlar Misr poytaxti Qohiraning 30 km janubida 13-Firavn Snefru tomonidan qurdirilgan Egik piramida yaqinlarida hozirgacha ma’lum bo’lmagan boshqa piramidaga oid qoldiqlarni topishga muvaffaq bo‘lgan.

Arheologlar piramidaning qolgan qismini ham yuzaga chiqarish maqsadida o‘z faoliyatlarini davom ettirmoqda.

Misrda 123 ta antik piramida mavjud. Bulardan biri bo‘lgan Giza piramidalari bundan 4500 yil muqaddam bunyod etilgan.

Giza piramidalarining eng kattasi bo‘lgan Keops piramidasi 146 metr balandlikka ega. Ushbu piramida “Qadimgi dunyoning 7 mo‘jizasi”dan biri sifatida bugungacha mustahkam yetib kelgan birgina ehrom hisoblanadi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog