Mirzo Ulug’bek tumani hokimligi barchani «Zamonaviy mahalla»loyihasida ishtirok etish uchun taklif etmoqda

Toshkent shahar hokimining 2017-yil 31-martdagi 333-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida «Zamonaviy mahalla» loyihasi amalga oshirilishi boshlandi. Bu haqda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi matbuot xizmati «Korrespondent O‘zbekiston»ga xabar qildi.

Foto: Gazeta.uz

Mahalla markazlarini obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan mazkur loyiha Mirzo Ulug‘bek tumanidagi barcha 54 mahallani o‘z ichiga oladi.

Loyiha asosida tashkil etilayotgan har bir mahalla markazida mahalla fuqarolar yig‘ini oqsoqoli, maslahatchilari va profilaktika inspektori uchun xona, qariyalar dam olish xonasi, internet tarmog‘iga ulangan 2000 kitoblardan iborat kutubxona, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni qabul qilish shahobchasi, barcha sharoitlar mavjud o‘rindiqlar, soyabonlar, bolalar maydonchasi hamda dam olish maydonlari, yoshlar uchun sport inshoatlari, favvorlar qurish rejalashtirilgan.

Xabarga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimiyati mazkur loyihaga qiziqishi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarni quyidagi shartlar asosida loyihada ishtirok etish uchun taklif etmoqda:

1-variant:

Investorning hisobiga ko‘p qavatli noturar joy qurilgan taqdirda, qurilgan obyektning 75% atrofidagi qismini (ulush har bir loyiha bo‘yicha alohida kelishilgan holda belgilanadi) investor nomiga mulk huquqi asosida o‘tkazib bergan holda loyihada ishtirok etish. Bunda qurilgan obyektning qolgan 25% qismi «Mahalla» xayriya jamoat fondi balansiga beg‘araz o‘tkazib berilishi kerak bo‘ladi.

2-variant:

Investor tomonidan «Mahalla» xayriya jamoat fondi uchun bir qavatli mahalla markazi qurib berilgan taqdirda, mazkur qurilma o‘rniga mahalla hududidan yer bo‘lagi (noturar obyekt qurilishi uchun doimiy foydalanish huquqi asosida 5dan 15 sotixgacha maydon) ajratib berish orqali loyihani amalga oshirish.

Loyihani amalga ishirish namununaviy mexanizmi:

1-qadam: Mahalla fuqarolar yig‘iniga mahalla markazini qurish taklifi bilan murojaat etish. Bunda loyihani mahalla fuqarolar yig‘ininig kengaytirilgan majlisida muhokama qilgan holda tasdiqlash uchun qurilish amalga oshirilishi mo‘ljallangan joy va me’mor bilan kelishilgan dastlabki loyiha taqdim etilishi lozim.
2-qadam: Mahalla fuqarolar yig‘inining roziligi olingandan so‘ng, o‘rnatilgan tartibda Toshkent shahar Hokimi nomiga murojaat etish.
3-qadam: Mahalla fuqarolar yig‘ini bilan belgilangan shakldagi investitsiyalar to‘g‘risidagi shartnomani imzolash.
4-qadam: Tasdiqlangan loyiha hamda loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq Toshkent shahar Hokimining qarori asosida qurilish ishlarini boshlash va belgilangan muddatlarda yakunlash.

Latest from Blog