Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov: Qirg‘iziston tajribasi biz uchun foydali. O‘zbekiston saylovlarda texnika qo‘llash yo‘nalishidan bormoqda

Qirg‘izistondagi prezident saylovi yuqori darajada xalqaro standartlarga muvofiq keladi. Saylov haqiqatan ham ochiq va shaffof tarzda o‘tdi. Bunday fikrni MDH missiyasining o‘zbekistonlik kuzatuvchisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov bildirib o‘tdi, deb yozadi “AKIpress”.

“Biz ko‘plab saylovlarda bo‘lamiz, shu jumladan, Yevropa mamlakatlarida ham, va ayta olamizki, o‘tgan saylov xalqaro standartlarga muvofiq keladi, yuqori darajada o‘tdi. Haqiqatan ham ochiq va shaffof saylov bo‘ldi. Kecha biz qanday baho berishimiz haqida yagona xulosaga keldik. Juda yuqori baho berish fikri yakdillik bilan chiqdi”, — dedi u.

“Qirg‘izistonning tajribasi biz uchun foydali. O‘zbekiston saylovlarda texnikadan foydalanish yo‘nalishidan ketmoqda. Saylovlar bo‘yicha, saylov kodeksi haqida yangi qonunlar tayyorlanmoqda va tabiiyki, texnik vositalarni qo‘llash jarayoni bormoqda. Umid qilamizki, yaqin kelajakda masalani o‘rganib chiqamiz va ushbu vositalar bizda ham qo‘llaniladi”, — deya qo‘shib qo‘ydi O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar