Mirziyoyev yangi bayramni joriy etdi

Avgust oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni deb e’lon qilindi. Bu haqdagi farmonni Prezident Shavkat Mirziyoyev imzoladi, deb xabar berdi «O‘zbekiston 24» telekanali.

Foto: Kruz.uz

Kasb bayramini o‘rnatishdan ko‘zlangan maqsad — «amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish, bugungi kunda sohada qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarni keng targ‘ib etish va sohada faoliyat olib borayotgan mutaxassislarni rag‘batlantirish».

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 2-avgustdagi farmoniga ko‘ra avgustning birinchi yakshanbasi Temiryo‘l transporti xodimlari kuni deb e’lon qilingan edi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar