Shavkat Mirziyoyev xavfsizlik xizmati xodimiga unga yaqinlashgan mehmonga ruxsat berishini buyurdi

1 daqiqada oʻqiladi

8-mart—Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosimda protokol talablariga muvofiq rasmiy tarzda emas, Prezident Shavkat Mirziyoyevga xos bo‘lgan samimiy tusda o‘tdi.

Zulfiya mukofoti sohibalarini otalarcha tabriklagan bo‘lsa, kattaroq avlod vakillariga qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib ehtirom ko‘rsatdi. Taqdirlash marosimi yakunlanganidan so‘ng davlat rahbari tayyorlangan stolga emas, balki diplomatik korpus vakillari tomon yurdi. Bu jarayonda esa tarjimon xizmati deyarli kerak bo‘lmadi. Xitoy Xalq Respublikasi elchisi Syan Yan xonim prezidentga o‘z minnatdorligini o‘zbek tilida izhor etdi.

Prezident bilan ko’rishish uchun kelgan zaldagi mehmonlardan biriga zaldagi xavfsizlik xodimi yaqinlashish uchun izn bermadi, biroq Shavkat Mirziyoyev unga qarata ruxsat berishini buyurgan.

Prezident matbuot xizmatida qayd etilishicha, mamlakat rahbari zalga yig‘ilgan ayol-qizlarni qutlashda faqatgina diplomatlar bilan chegaralanib qolmagan. Shavkat Mirziyoyev zalning deyarli yarmini aylanib chiqqan.

Fikr bildirish

Latest from Blog