Mirziyoyev va Rahmon uchrashuv sanasi maʼlum boʻldi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-10-mart kunlari Tojikistonga tashrifini amalga oshiradi, deb xabar qildi mahalliy OAVlar.

Foto: Tojikiston Prezidenti matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon uchrashuvidan eng dolzarb voqea Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida viza rejimi bekor qilinishidir.

2017-yilning noyabrida Oʻzbekiston va Tojikiston davlat chegaralari bilan bogʻliq koʻplab masalalar boʻyicha, xususan, viza rejimini bekor qilish boʻyicha kelishib olingandi.

Eslatib oʻtamiz, Fargʻona shahrida 24-fevral kuni Oʻzbekiston-Tojikiston hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi boʻlib oʻtgandi.

Uchrashuv doirasida Oʻzbekiston-Tojikiston Davlat chegarasinining ayrim uchastkalar boʻylab oʻtadigan chizigʻi loyihasi koʻrib chiqildi. Shuningdek, qisqa muddat ichida Davlat chegarasini delimitatsiya qilish jarayonida sezilarli muvaffaqiyatga erishilgani qayd etildi.

Undan tashqari, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi chogʻida imzolanishi rejalashtirilayotgan ikki tomonlama hujjatlar, bitimlar va shartnomalarni tayyorlash hamda tadbirlarning tashkiliy jihatlari muhokama qilindi.

Hukumat aʼzolari, vazirliklar, idoralar va yetakchi iqtisodiy tuzilmalar rahbarlari ishtirok etgan komissiyaga Oʻzbekiston tomonidan bosh vazir A.Aripov, Tojikiston tomonidan esa Q.Rasulzoda rahbarlik qilishdi.

Latest from Blog