Mirziyoyev «Shaytanat» muallifini «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotladi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning 26 yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, adabiyot, madaniyat, sanʼat, maʼnaviyat va maʼrifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotladi.

Foto: Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati

Faxriy unvon va ordenlar ushbu soha vakillariga Oʻzbekiston mustaqilligini mustahkamlash, milliy gʻoyani rivojlantirish, maʼnaviyatni tiklash yoʻlida katta hissa qoʻshgan, yorqin isteʼdodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona yurtga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki taqdim etilgan.

Mukofotlanganlar:

«Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi» — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, adabiyotshunos olim Gafurov Ibragim Usmanov;

«Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi» — Nazarov Baxtiyar — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, adabiyotshunos olim; Negmatov Soyibjon Sodiqovich — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi;

«Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi» — Umirov Chori — Mehnat faxriysi, baxshi;

«Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi» — Sadikov Marat Fayziyevich — Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, grafik rassom.

«Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi» — Kadirov Rauf Gafurovich — Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Musiqiy pedagogika kafedrasi professori, musiqashunos; Sattarov Zafar Raxmonovich — Navoiy viloyati, Xatirchi tumanidagi bolalar-oʻsmirlar sport maktabining erkin kurash boʻyicha murabbiyi;

«Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist» — Madjnunova Rislik Tadjibayevna — «Namangan haqiqati» gazetasi boʻlim mudiri; Nizayev Timur Tedjiyevich — «Pravda Vostoka» gazetasi boʻlim mudiri.

Shuningdek, sport gimnastikasi boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Chusovitina Oksana Aleksandrovna «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlandi.

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikka esa Mehnat shuhrati ordeni taqdim etilgan.

Roʻyxatning toʻliq shakli bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Latest from Blog