Mirobod tumanida yuz bergan YTH oqibatida maktab o‘quvchisi jabrlandi

Toshkent shahri Mirobod tumanining Yangiqo‘yliq ko‘chasida Matiz haydovchisi 11 yoshli maktab o‘quvchisini urib yubordi. Hodisa 10-may kuni ertalab, soat 07:40da sodir bo‘lgan.

Foto: www.dddmarket.ru

Toshkent IIBB YHXB matbuot xizmatining UZ24ga bergan xabariga ko‘ra, jabrlanuvchi zudlik bilan 4-shahar kasalxonasiga olib ketilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Latest from Blog