Mirobod tumanida o‘g‘irlik qilgan 21 yoshli yigit va 20 yoshli qiz qo‘lga olindi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida Sayxun ko‘chasida yashovchi fuqaroning uyidan umumiy qiymati 8 250 000 so‘mlik besh turdagi sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketilgan.

Foto: ria.ru

IIV matbuot xizmatidan ma’lum qilinishicha, ushbu jinoyatni Farg‘ona tumanida va Sirdaryo tumanida yashovchi 21 yoshli yigit hamda 20 yoshli qiz sodir etgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar