Minskda metro bekatlari yopildi va hibsga olishlar boshlandi

Minsk markazida muxolifatning ruxsatsiz noroziligi kutilayotgani uchun metroning yettita bekati vaqtincha yopilgan. Minsk metrosi telegram kanalidagi xabarga koʻra, kecha soat 13:10 da (Moskva vaqti bilan mos keladi) yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida “Площадь Ленина”, “Октябрьская”, “Площадь Победы”, “Площадь Якуба Коласа”, “Купаловская”, “Немига” va “Фрунзенская” bekatlarida harakatlar toʻxtatilgan. Poyezdlar ushbu bekatlarda toʻxtamasdan oʻtadi.

Euroradio.fm

Muxolifat mitingidan oldin huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Minskda birinchi hibsga olishlarni amalga oshirdilar, deb xabar beradi TASS Minsk Markaziy Ichki ishlar boshqarmasiga tayanib.

“Interfaks”ning xabar berishicha, namoyishchilar toʻplanib, Minsk markaziga harakatlanishgan. Siloviklar markazda muxolifat tarafdorlari toʻplanishining oldini olishga harakat qilmoqda. 10 ga yaqin odam Masherov xiyoboniga yaqinlashayotgan paytda hibsga olingan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog