Minglab odamlarni qaqshatgan guruhga hukm oʻqildi

Bugun, 14-sentabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tuman sudida “KOREAN AND MIGRATIONS” XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI” MCHJ masʼullariga nisbatan sud hukmi eʼlon qilindi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Tergov departamenti

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tuman sudi sudyasi T. Qosimov tomonidan koʻrib chiqildi.

Eʼlon qilingan sud hukmiga koʻra, Q. Otaqulov — 9 yil, O. Kabilov — 9 yil, X. Turdiyev — 8 yil 3 oy, M. Aliqulov — 8 yil 3 oy, A. Shamshiddinov — 8 yil 3 oy, M. Otajonova — 5 yil 9 oy 21 kun, R. Nuraliyeva — 6 yil 1 oy, O. Joʻrayev — 8 yil 3 oy, Kang Nam Kyu — 8 yil 6 oy, J. Xidirov — 6 yil, I. Jabborova — 6 yil 1 oy, F. Kamalov — 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

Eslatib oʻtamiz, ayblovga koʻra, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ rahbari Q.Otaqulov va boshqalar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish vaʼdalarini berib, ulardan olingan juda koʻp miqdordagi pul mablagʻlarini shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborishgan.

Ish boʻyicha 2 372 nafar jabrlanuvchi, 4 nafar fuqaroviy daʼvogar deb topilgandi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog