Minalarni aniqlaydigan kalamushga oltin medal berildi

Afrikalik ulkan kalamush minalarni aniqlaganligi uchun nufuzli oltin medal bilan taqdirlandi.

Magavaismli kalamush oʻz faoliyati davomida 39 ta minani va 28 ta portlamagan oʻq-dorilarni hidlab topgan.

PDSA/PA

Buyuk Britaniyaning PDSA veterinariya xayriya tashkiloti unga “Kambodjada halokatli minalarning joylashuv joyini aniqlash va tozalanishida koʻrsatgan xizmati, insonlar hayotini saqlab qolgani uchun” oltin medalni topshirdi.

Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatida olti milliongacha minalar mavjud deb taxmin qilinadi.

PDSA tashkilotining oltin medaliga “Hayvonlarning jasorati va vazifaga sadoqati uchun” soʻzlari yozilgan. Mukofotni olgan 30 hayvondan Magava birinchi kalamush hisoblanadi.

Yetti yoshli kemiruvchi Tanzaniyada joylashgan Belgiyada roʻyxatdan oʻtgan, 1990-yillardan beri minalarni aniqlash uchun hayvonlarni tayyorlaydigan HeroRATs nomi bilan mashhur tashkilot qoshidagi Apopo xayriya tashkilotida boqilgan

Hayvonlar bir yillik mashgʻulotdan soʻng sertifikatlanadi.

“Ushbu medalni olish biz uchun haqiqatan ham sharafdir”, dedi Apopo ijrochi direktori Kristof Koks oʻz intervyusida. “Ammo bu Kambodja xalqi va butun dunyo boʻylab minalardan aziyat chekayotgan odamlar uchun juda muhimdir”.

PDSA oʻz veb-saytida Magavani mukofotlash marosimini namoyish etdi .

Apoponing maʼlumotlariga koʻra, Tanzaniyada tugʻilib oʻsgan Magava ogʻirligi 1,2 kg va uzunligi 70 sm. Bu boshqa koʻplab kalamush turlaridan ancha kattaroq boʻlsa-da, Magava hali yetarlicha kichkina va yengil, chunki u minalarni bosib oʻtsa ham ularni qoʻzgʻatmaydi.

Sichqonlar portlovchi moddalar tarkibidagi kimyoviy birikmani aniqlashga oʻrgatilgan va minalarni tezroq qidirib topa oladilar. Ular portlovchi moddani topgach, inson hamkasblarini ogohlantiradilar.

Magava tennis korti kattaligidagi maydonni atigi 20 daqiqada tekshirib chiqishga qodir.

U ertalab kuniga atigi yarim soat ishlaydi va pensiya yoshiga yaqinlashmoqda, ammo PDSA bosh direktori Yan MakLoullin Apopo tashkiloti bilan amalga oshirgan ishlari “chindan ham noyob va ajoyib”dir.

“Magavaning ishi ushbu minalar taʼsirida boʻlgan erkaklar, ayollar va bolalar hayotini toʻgʻridan-toʻgʻri qutqarish va oʻzgartirishdir”, dedi u. “U qilgan har bir kashfiyoti mahalliy aholi uchun jarohat yoki oʻlim xavfini kamaytiradi”.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog