Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Jizzaxda viloyat sudining sudyasini qo‘lga olishdi

Milliy xavfsizlik xizmati Jizzax viloyati boshqarmasining tezkor xodimlari jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyat sudining sudyasi Yunus Sidiqovni qo‘lga olishdi. Bu haqda «Sof.uz» nashri xabar bermoqda.

Foto: VistaNews

Ma’lum qilinishicha, u fuqaro Nafisa Hasanovadan 300 dollar va 500 ming so‘m pul olgan.

U bu pullarga Nafisa Hasanovaning turmush o‘rtog‘i No‘mon Hasanovga qo‘yilayotgan ayblovlarni kassatsion sudda ko‘rib chiqishga va’da bergan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar