Milliy xavfsizlik xizmati Namanganda ikkita firibgarlik holatini aniqladi

MXX va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari Namangan viloyatida ikkita firibgarlik holatini aniqladi, deb xabar qildi Podrobno.uz.

Foto: podrobno.uz

MXX vakili so‘zlariga ko‘ra, fuqaro B.Sh. arizasida keltirilgan holatlar bo‘yicha maxsus tezkor guruh tuzilib, 38 yoshli Elmurod Xoshimov va uning sherigi 42 yoshli Ravshan Soliyev 1300 dollarni olayotgan paytda qo‘lga olindi. Ular Norin tumanida respublika qurolli kuchlari tizimiga ishga kiritib qo‘yish uchun odamlardan firibgarlik yo‘li bilan pul talab qilish bilan shug‘ullanganlar.

Firibgarlikning ikkinchi holatida MXX xodimlari Pop tumanida istiqomat qiluvchi, Davlat bojxona qo‘mitasi Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi sobiq xodimi Mirolim Do‘smatovni qo‘lga oldilar.

«Gumonlanuvchi fuqaro A.N.dan talab qilgan 2 ming dollardan 1000 dollarni olayotgan paytda qo‘lga olindi. U Namangan viloyati huquq tartibot organlarida tanishlari borligi va 2015-yil iyul oyida Sankt-Peterburgda undan 400 ming rubl o‘g‘irlagan 36 yoshli fuqaro K.M.ni javobgarlikka tortilishida yordam berishga va’da bergan», — deb ta’kidladi MXX vakili.

Prokuratura organlari Elmurod Xoshimov, Ravshan Soliev, Mirolim Do‘smatovga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berish moddalari bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Tergov davomida jinoyatda gumonlanuvchilarning boshqa sheriklarini aniqlash bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Latest from Blog