Milliy xavfsizlik hokim qarorlarini soxtalashtirgan tovlamachilarni ushladi

Ikki shaxs o‘zaro til biriktirgan holda fuqarolardan tovlamachilik yo‘li bilan yirik miqdordagi valyuta talab qilib Zangiota tumani hokimligining yer uchastkalari ajratish bo‘yicha qarorlarini soxtalashtirish bilan shug‘ullanib kelgan. Bu haqda Sputnik xabar qilmqoda.

54 yoshli Oysha Abduqodirova o‘zini Toshkent viloyati davlat arxivi xodimi sifatida tanishtirib, fuqarolardan tovlamachilik yo‘li bilan yirik miqdordagi valyuta talab qilib Zangiota tumani hokimligining yer uchastkalari ajratish bo‘yicha qarorlarini soxtalashtirish bilan shug‘ullanib kelgan.

“Ayol Zangiota tumani “Eshonguzar” qishloq fuqarolar yig‘ini hududida mahalliy fuqarodan go‘yoki unga hokimiyat orqali yer ajratib berish haqida qaror chiqarish uchun bir yarim ming dollar olayotganida ushlandi”, — deb ma’lum qildi MXX vakili Sputnik muxbiriga.

U dastlabki surishtiruv chog‘ida aybiga to‘liq iqror bo‘ldi. Shu bilan birga ayol bir o‘zi ish olib bormaganligi, Zangiota tumani kadastr bo‘limi inspektori Ulug‘bek Oripov uning qilmishlariga sherik ekanligini bildirdi. Tezkor xodimlar o‘tkazgan operatsiya orqali Oripov Oysha Abduqodirovadan ming dollar olayotganida ushlandi. Toshkent viloyati prokuraturasi ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoya kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘adi. Ayni paytda qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida ularning qonunga xilof boshqa ishlarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog