Milliy TV butun dunyoda ko’rsatishni boshladi


Milliy TV’ning yangi mobil ilovasi dunyoning istalgan nuqtasidan telekanal dasturlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri tomosha qilishga imkoniyat beradi. Ilovani AppStore  yoki Google Play’dan yuklab olish mumkin.

Ilovani yuklab olgan foydalanuvchilar o‘zlariga mos vaqt mintaqasini tanlashlari va o‘zlari sevgan ko‘rsatuvlarni o‘z vaqtida tomosha qilishlari mumkin.

Bugungi kunda ilovada 4-ta bosh vaqt mintaqalarini sozlash mumkin: Amerika (UTC-5), Yevropa (UTC+1/UTC+3), O’zbekiston, MDH va Sharqiy Osiyo davlatlari (UTC+5).

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda milliy va xorijiy telekanallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilish imkonini beradigan bir nechta mobil ilovalar allaqachon yaratilgan bo‘lib, ushbu ilovalar foydalanuvchilar orasida juda ommabop.

Latest from Blog