«Milan» yozda Karlos Bakka bilan xayrlashmoqchi


Hujumchi Karlos Bakka yozda “Milan” klubini tark etishi mumkin. Bu haqda Italiya matbuotiga tayanib Chempionat.com sayti xabar qildi.

Bu mavsumda kolumbiyalik futbolchi A seriyada 13ta gol urgan. Statistik ma’lumot “Milan”ni Bakka bilan hamkorlikni davom ettirish maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatmoqda.

Bundan tashqari, hujumchida Vinchentso Montella bilan tushunmovchiliklar bo‘lgan.

“Milan” Bakka bilan shartnomani yozda bekor qilishi mumkin.

Latest from Blog