«Microsoft» Toshkent shahridagi Inha universitetida o‘quv sinfini ochdi


Dasturiy ta’minot ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri «Microsoft» korporatsiyasi 26-aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti(IUT)da o‘quv sinfini ochdi.

IT-sinfi zamonaviy monoblok kompyuterlari bilan jihozlangan. Ularning barchasi «Microsoft» korporatsiyasi tomonidan beg‘araz taqdim etilgan litsenzion dasturiy ta’minotlar va yechimlar, shuningdek, mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun o‘rnatilgan qo‘shimcha uskunalar bilan ta’minlangan, deb xabar beradi IUT axborot xizmati.

Mazkur sinfning ochilishi bilan Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari «Microsoft»ning dasturiy mahsulotlari to‘g‘risidagi o‘z bilimlarini mustahkamlashadi. IT-sinfdan davlat organlari, xususiy kompaniyalar, keng aholi vakillari ishtirokida turli xildagi mahorat maktablari, treninglar va seminarlar o‘tkazishda foydalaniladi.

Latest from Blog