Microsoft kompaniyasi Windows Vista’ni qo’llab-quvvatlashni to’xtatdi


11-aprel kuni Microsoft kompaniyasi Windows Vista operatsion tizimini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishini ma’lum qildi.

Kompaniya bunga qadar ham qo‘llab-quvvatalsh to‘xtatilishi haqida fevral oyida ma’lum qilgan edi deb yozadi Strana.ua.

Microsoft kompaniyasi Windows Vista’ga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatib, resurslarini yanada yangi va zamonaviy texnologiyalar ustida ishlash uchun sarflamoqchi.

Shudnay bo‘lsada Windows Vista foydalanuvchilari avvalgiday tizimni ishlatishda davom etishlari mumkin.

Xabarga ko‘ra, internetga ulangan kompyuterlarning ichida Windows Vista’dan foydalanidaganlar atigi 1 foizni tashkil qiladi. Windows XP – 7 foiz, Windows 7 operatsion tizimi esa deyarli 50 foizni tashkil qiladi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar