Messining Argentina terma jamoasiga qaytishi murabbiyning istefoga chiqishiga sabab bo‘ldimi?


Futbol bo‘yicha Argentina terma jamoasi bosh murabbiysi Edgardo Bausa o‘z vakolatini tark etdi. Bu haqda ESPN mamlakat Futbol federatsiyasining prezidenti Klaudio Tapiaga ma’lum qilgan.

Jamoaning yangi bosh murabbiysi keyinchalik e’lon qilinadi. Bausaning terma jamoadan ketishi 2018-yilgi jahon chempionatiga saralash boshqichlaridagi qoniqarsiz natijalari sabab qilib keltirilmoqda. Argentina terma jamoasi Janubiy Amerika mintaqasidagi turnir jadvalida 14 matchdan so‘ng 22 ochko to‘plab, beshinchi pog‘onada bormoqda. Jamoaning bunday pozitsiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya jahon chempionatiga borishga yo‘llanma bermaydi.

Bausa terma jamoaga o‘tgan yilning 1-avgustidan Xerardo Matrinoniong o‘rniga murabbiylik qila boshlagan edi.2016-yilnig iyun oyida «Barselona» forvardi Messi milliy terma jamoadagi karyerasiga nuqta qo‘yishi haqida e’lon qilgan edi. Bausa esa Messini ortga qayitishiga ko‘ndirishga va’da bergan edi. 12-avgustda esa hujumchining milliy jamoaga qaytishi haqida xabar tarqaldi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar