Merkel xakerlik hujumi vajidan Rossiyaga qarshi choralar koʻrishi mumkinligini bildirdi

Germaniya kansleri Angela Merkel 13-maydagi chiqishida Bundestag saytiga 2015-yili amalga oshirilgan xakerlik hujumi tufayli Rossiyaga qarshi choralar koʻrilishi mumkinligini bildirdi.

Foto: YouTube

Bundestagda chiqish qilgan kansler Germaniya prokuraturasida bu hujumga Rossiyaning aloqasi borligi yuzasidan yetarlicha dalil borligini urgʻuladi.

Merkelga koʻra, bu yerda gap tasodif haqida emas, balki “gibrid urush” epizodi haqida bormoqda. Kansler Berlin Rossiyaga nisbatan javob choralarini koʻrish huquqini saqlab qolishini taʼkidladi. U Rossiya bilan aloqalarni yaxshilash tarafdori ekani, biroq Moskvaning xatti-harakatlari bu maqsadga erishish yoʻlida jiddiy toʻgʻonoq boʻlayotganini qayd etdi.

Merkel oʻtgan yil avgustida Germaniya poytaxtida chechen ayirmachilarining sobiq dala qoʻmondoni Zelimxon Xangoshvili oʻldirib ketilganini ham eslatib oʻtdi. Berlin Rossiya fuqarosi gumonlanuvchi sifatida hibsga olingan bu jinoyatni tergov qilinishida Moskvani yetarli darajada hamkorlik qilmaganlikda ayblagan. Bellingcat surishtiruviga koʻra, qotillikka aloqadorlikda gumonlanib qoʻlga olingan shaxs Rossiya maxsus xizmatlari bilan aloqada boʻlgan. Qotillik ortidan Germaniya rossiyalik ikki diplomatni mamlakatdan badargʻa qilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, Germaniya politsiyasi kiberhujumni amalga oshirganlikda rossiyalik Dmitriy Badinni gumonlanmoqda. AQSH Federal razvedka byurosi uni Qoʻshma Shtatlarga qarshi xakerlik hujumlarida (shu jumladan 2016-yilgi saylovoldi kampaniyasi paytidagi hujum) gumonlab, qidiruvga bergan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog