Merkel Britaniya bilan Brexit’dan keyin ham yaxshi hamkorlikni saqlash niyatida

Germaniya kansleri Angela Merkel Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqganidan keyin ham yaxshi hamkorlikni saqlab qolish niyatida. Bu haqda Reauters’ga tayanib Gazeta.ru xabar qildi.

Gamburgda qilgan chiqishida Merkel, kelajakda Buyuk Britaniyada yaxshi sherikni ko’rishni istashini bildirgan.

Uning so’zlariga ko’ra, Brexit davomida bo’ladigan muzokalar juda murakkab va keskin bo’ladi.

Merkel shuningdek, kelajakda Birlashgan Qirollik bilan aloqalar zaiflashishi mumkinligini ta’kidladi. Shuning uchun iqtisodiy, siyosiy va mudofaa sohalarida aloqalarni saqlab uchun ikki tomonlama harakat qilish zarur deb hisoblaydi u.

Avvalroq, Britaniya hukumatining Yevropa Ittifoqidan chiqishi uchun 3 milliarddan ortiq to‘lash niyati yo‘q ekanligini xabar qilgan edik.

Latest from Blog