Foto: Global News - glbnews.com

Mercedes-Benz YASA elektr motorini ishlab chaqiruvchisini sotib oldi

//

Daimler AG guruhiga kiruvchi nemis avtomobil ishlab chiqaruvchisi Mercedes-Benz sport avtomobillari uchun elektr dvigatellarini ishlab chiqaradigan YASA britaniyalik startapini sotib oldi. Mercedes-Benz ushbu bitim kompaniyaga elektromobilga oʻtishdan oldin oʻz texnologiyasini kuchaytirishga imkon beradi deb hisoblaydi.

Toʻliq naqd pulda toʻlanadigan bitim shartlari oshkor qilinmadi. Ammo, Financial Times nashrining yozishicha, 2019-yilda moliyalashtirishning soʻnggi bosqichida YASA 100 million funtga (taxminan 137 million dollar) baholangan.

2009-yilda Oksford Universitetini tark etgan YASA ikki yildan buyon Mercedes bilan hamkorlik qilmoqda. Uning mijozlari orasida Ferrari va boshqa taniqli brendlar bor. Endi г Mercedes-AMG qatoridagi bir qator yangi elektr transport vositalarining dvigatellarini нetkazib beradi.

Mercedes-AMG rahbari Filipp Shimerning taʼkidlashicha, YASA texnologiyasi ushbu model liniyasini “raqobatdoshlaridan bir qadam oldinda turishga” imkon beradi.

YASA sotib olinishi Mercedes-Benzning yangilangan rivojlanish strategiyasining taqdimotida eʼlon qilindi.

Guruh rejasiga koʻra, 2025-yildan boshlab Mercedes-Benz avtomobillarining barcha yangi modellari faqat elektr dvigatellarida ishlaydi va xaridorlar har qanday eski model uchun bunday alternativani tanlashlari mumkin.

Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun kompaniya 2022-yildan 2030-yilgacha elektr transport vositalarini rivojlantirishni jadallashtirish uchun 40 milliard yevrodan ortiq mablagʻ sarflamoqchi.

 

Latest from Blog