Men bobom Ashurov Mirjalil bilan faxrlanaman

Bobom Ashurov Mirjalil 1916-yilda tavallud topgan. 1938-yilda Sovet armiyasi safiga qo‘shilgan. 1941-yilning 23-iyunida Vataniga qaytib kelgan va vokazaldan uyiga yetishiga bir necha qadam qolganida “Urush boshlandi” degan xabar kelib uni armiga qaytib olib ketishgan.

Moskvada o‘tkazilgan harbiy parad, urush frontiga jo‘natilish oldidan “Священная война” qo‘shig‘i ostida urush maydoniga borgan. Bobom haqida ko‘p bilmayman, kamgap inson edi deyishardi. Bobom Moskva, Stalingrad, Leningrad, Qrim yarim oroli, Ukraina, Polsha va Germaniyada bo‘lganlar, II Belarus frontida xizmat qilgan.

Yuqorida keltirilgan davlatlarni fashizmdan ozod etganlar. Berlindan Reyxstaggacha bolgan hududga yetib borgan. Bobom kapitan bo‘lgan. Urushda medallari juda ko‘p. Bobom men ikki yoshga to‘lganimda, 1996-yilning 4-mayida vafot etgan. Men bobom bilan faxrlanaman.

Ashurov Mirjalilning nabirasi Nodirbekning matbubi.

Fikr bildirish

Latest from Blog