Foto: Vesti.az

Meksikada uch kunlik motam eʼlon qilindi

/

Meksikada metroda sodir boʻlgan avariya munosabati bilan uch kunlik milliy motam eʼlon qilindi. Baxtsiz hodisa tufayli koʻplab odamlar halok boʻldi. Prezident Andres Manuel Lopes Obradorning tegishli farmoni seshanba kuni kechqurun hukumatning Diario Oficial de la rasmiy nashrida eʼlon qilindi, deb xabar beradi Kazinform.

“3-may kuni Meksika metrosining 12- metro yoʻlidagi fojiali voqea munosabati bilan uch kunlik milliy motam kuni eʼlon qilindi”, — deyiladi hujjatda. Mexiko janubidagi “Olivos” stansiyasi yaqinidagi metro stansiyasi dushanba kuni kechqurun kelayotgan vagon bilan birga qulab tushdi. Natijada, taxminan 10 m balandlikdan ikkita vagon qulab tushdi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 24 kishi vafot etgan. Kamida 79 yoʻlovchi jarohat oldi.

Latest from Blog