Foto: Twitter/XE Médica Ambulancias

Meksikada metro ko‘prigi poyezd bilan quladi

/

Meksika poytaxtidagi metro koʻprigining qulashi natijasida 15 kishi halok boʻldi va 70 ga yaqin odam turli darajadagi tan jarohatlari oldi. Bu haqda Xatarlarni integral boshqarish va fuqaro muhofazasi departamenti maʼlum qildi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

“Ayni paytda afsuski bu dastlabki koʻrsatkich”, — deyiladi departament xabarida. Biroz vaqt oʻtgach Meksika meri 15 kishining vafotini tasdiqladi.

Hodisa aks etgan videolarda metro koʻprigi poyezd bilan birga, uning ostida mashinalar harakati paytida qulab tushganini koʻrish mumkin.

OAV maʼlumotlariga koʻra, hodisa Mexiko shahrining janubi-sharqida, Olivos va Tesonko bekatlari yaqinida sodir boʻlgan.

Voqea joyiga bir necha oʻnlab tez yordam mashinalari, oʻt oʻchiruvchilar va qutqaruvchilar hamda Mexiko shahri meri yetib kelgan.

El Universal nashrining yozishicha, 2017-yilgi zilziladan soʻng qulab tushgan yoʻl oʻtkazgich tayanchlarida yoriqlar paydo boʻlgan va mahalliy aholi oʻshanda koʻprik qulashidan qoʻrqishgan.

Latest from Blog