“Mehr va oqibat” nodavlat tashkiloti Toshkentda delfinariy ochilishiga qarshi chiqmoqda

“Toshkentda delfinariy ochilishi haqidagi xabarni eshitib dahshatga tushdik”, deb yozadi “Mehr va Oqibat” hayvonlarni himoya qilish nodavlat jamiyati aʼzolari Feysbukda.

Foto: Sputnik

“Delfinlarni haqiqatdan ham yaxshi koʻrsangiz Toshkentda delfinariy ochmang, ushbu xabarni barchaga tarqating”, — deyilgan hayvonlarni himoya qilish jamiyati xabarida.

Odamlar delfinariy deganda, koʻm koʻk suvda suzib yurgan baxtli delfinlar va ular bilan suzayotgan bolalarni va shunga oʻxshash ijobiy narsalarni koʻz oldilariga keltirishadi. Aslida esa har qanday basseyn, delfinariy delfinlar uchun haqiqiy qamoqxona va qiynovdir.

Mana oddiy faktlar, xulosa oʻzingizdan:

Tabiiy sharoitda, dengizda

Delfinlar 3-10 nafar boʻlib, oilaviy yoki 80-100 nafarli toʻdalarda yashaydi. Har bir delfin kuniga oʻrtacha 150 km masofa suzib oʻtadi. Har bir delfin oʻrtacha 80 kv. kilometr hududda erkin yashaydi. Tabiiy sharoitda delfinlar oʻrtacha 30 yil umr koʻradi.

Delfinariyda

Odatda delfinariylarda tabiiy dengiz suvi emas, sunʼiy shoʻrlangan suvdan foydalaniladi. Delfinlar bor yoʻgʻi 80-300 kvadrat metr hududda yashashga majbur. Tor va sayoz (oʻrtacha 1.8 m) sunʼiy basseynda delfinlarning tabiiy exolokatori ishlamaydi, suvga solingan turli ximikatlar tufayli delfinlar koʻzini ochishga qiynaladi va tez tez boshi bilan basseyn devoriga uriladi. BMT statistik maʼlumotiga koʻra, delfinariylarida delfinlar oʻrtacha 5,3 yil umr koʻrar ekan.

Undan tashqari, delfinlarga turli nomer va tryuklar oʻrgatish maqsadida ularni och saqlashadi va oʻrgana olmagan delfinlarni jazolashadi.

Albatta maydoni bir necha gektar boʻlgan, dengiz qirgʻogʻida joylashgan delfinariylar ham bor, lekin aksariyat delfinariylar unaqa emas. Koʻp odamlar sunʼiy suv havzalarida delfinlar qanday ogʻir sharoitlarda yashayotganini tasavvur ham qila olmaydi.

Delfinariy – bu yaxshi biznes. Odamlar oʻz farzandini delfinlar ishtirokidagi tomoshaga, yoki delfinldar bilan suzishga olib borgisi keladi va buning uchun pulni ayamaydi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar