May oyi o‘z harorat rekordlarini qo‘ymoqda — O‘zgidromet

1 daqiqada oʻqiladi

Ob-havo o‘tgan havftaning o‘rtasidan boshlab yoz rejimiga o‘tdi, deya ma’lum qildi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Foto: UzA

May oyining birinchi va ikkinchi o‘n kunligida O‘zbekistonda nobarqaror ob-havo kuzatildi. Birin-ketin kuchli momaqaldiroqli yomg‘irlar va shiddatli shamol, xatto do‘l yog‘ishiga olib kelgan atmosfera jarayonlari rivojlandi. Garchi bu hodisalar kichik hududlarda kuzatilgan va mahalliy tavsifga ega bo‘lsada ular salbiy oqibatlarga olib keldi, deyiladi xabarda.

O‘tgan dam olish kunlaridan boshlab O‘zbekiston hududida havo juda isidi. Harorat kudan-kunga ko‘tarilib, kecha 26 may kuni 35−39 darajani, janubda 39−40 darajani tashkil qildi. Eng yuqori haroratlar Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuzatildi, bu joylarda kunduzi havo 40−42 darajagacha, ayrim cho‘l tumanlarida 44 darajagacha qizidi.

Bunday harorat ko‘rsatkichlari O‘zbekistonda may oyining oxiri uchun xos emas. Respublikaning deyarli barcha mintaqalarida shu kunning harorat rekordlari qayd etildi.

O‘zbekiston shimolida ayrim joylarda butun oy uchun maksimal haroratning yangi rekordlari qo‘yildi. Boshqacha qilib aytganda, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatidagi ko‘pchilik meteorologik stansiyalar ma’lumotlariga ko‘ra, 26 mayda qayd etilgan bunday yuqori oylik harorat avval hech qachon kuzatilmagan.

Toshkenda, masalan, may oyida eng yuqori harorat 39,9 daraja bundan ancha oldin 1902 yilda qayd etilgan. Oxirgi 20 yil ichida eng yuqori oylik harorat 2004 yilda kuztilgan va 38,6 darjani tashkil qilgan. Qolgan kuzatuv yillarida eng issiq yillarda Toshkentda may oyidagi harorat 37 darjadan yuqori bo‘lmagan. Respublika janubida bu yil may oyi oxirining haroratlari, xoynahoy, o‘z rekord qiymatlari — 43−44 darjaga yetmaydi.

Oyning oxirigacha respublikada asosan quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikamizning shimoli va cho‘l zonasida shamolning tezligi sekundiga 15−20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 34−39 daraja atrofida bo‘ladi, mamlakatimiz shimoli, janubi va cho‘l zonasida 40−42 darajagacha ko‘tariladi. 29−30 may kunlari harorat bir oz (2−3darajaga) pasayadi. Yozning boshida ob-havoda sezilarli o‘zgarish bo‘lmaydi.

Fikr bildirish

Latest from Blog