Matbuot markazida bugungi jurnalistikaning dolzarb masalalari ko‘tarildi


O‘zbekiston Milliy Matbuot markazida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti “Uslubiyat va tahrir” kafedrasi tomonidan “Ommaviy axborot vositalarida til, uslub va tahrir masalalari” mavzuidagi an’anaviy V ilmiy-amaliy konferentsiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Korrespondent.uz muxbiriga universitet ma’muriyati xabar qildi.

Konferentsiyada Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 100 yilligiga bag‘ishlab ushbu nomdagi ilmiy to‘plam taqdimoti ham o‘tkazildi. Ushbu to‘plamda turli oliy ta’lim muasassalarining professor-o‘qituvchilari, magistratura va bakalavriatura bosqichida tahsil olayotgan talabalarning mavzuga oid ilmiy maqolalari jamlangan.Ilmiy ma’ruzalar, taqdimotlar va qizg‘in bahs-munozalarga boy bo‘lgan ilmiy-amaliy tadbir talabalar uchun o‘ziga xos mahorat darsi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, juma kuni O‘zbekiston teleradiokanalining «Muloqot vaqti» ko‘rsatuvi orqali bugungi o‘zbek jurnalistikasi qattiq tanqid qilingan edi. Ko‘rsatuvda mamlakatning yirik gazeta va jurnallari vakillari qatnashib, muammolarning bartaraf etish yo‘llari haqida fikr almashgan edilar.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar