Foto: rsf.org

Matbuot erkinligi reytingida Oʻzbekiston koʻrsatkichi yomonlashdi

//

Oʻzbekiston “Chegara bilmas muxbirlar” (Reporters Without Borders) xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan tuzilgan matbuot erkinligi reytingida oʻtgan yilgiga nisbatan bir pogʻona pastlab, 157-oʻrinni egalladi.

Ushbu reytingda Norvegiya ketma-ket beshinchi yil yetakchiga aylanmoqda. Undan keyingi oʻrinlarda Finlyandiya, Shvetsiya, Daniya va Kosta-Rika davlatlari turibdi. Shuningdek, kuchli oʻnlikdan Niderlandiya, Yamayka, Yangi Zelandiya, Portugaliya va Shveysariya mamlakatlari oʻrin olishgan.

MDH davlatlari orasida yetakchi mamlakatlar sifatida 15-oʻrinni Estoniya, 22-oʻrinni Latviya, 28-oʻrinni Litva davlatlari olgan.

Markazi Osiyo davlatlaridan esa 79-oʻrinni Qirgʻiziston, 155-oʻrinni Qozogʻiston, 162-oʻrinni Tojikiston, 178-oʻrinni Turkmaniston egallab turibdi.

Bundan tashqari, reytingda Rossiya 150-oʻrindan joy olgan. Eng oxirgi, 180-oʻrinda esa Eritreya mamlakati turibdi.

Eslatib oʻtamiz, 2020-yilda Oʻzbekiston ushbu koʻrsatkich boʻyicha toʻrt pogʻona yuqorilab, 157-oʻrinni egallagan edi.

Latest from Blog