Markaziy Osiyoda eng yirik: USM, MegaFon va Ucell Oʻzbekistonda yangi qoʻshma korxona ochmoqda

Foto: Interfax.uz

“YueSeM Telekom” va MegaFon oʻzbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda Markaziy Osiyodagi eng yirik telekommunikatsiya bozorining texnologik ilgʻori boʻlishi kutilgan yangi qoʻshma korxona – Digital Holdingʻni tashkil etishdi. Yangi QK tarkibidan mamlakatning telekommunikatsiya bozori ilgʻori boʻlgan Ucell kompaniyasi hamda USMʼning Oʻzbekistondagi aktivlari – CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan oʻrin olishdi.

Oʻzbekiston hukumati Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) orqali QKga Ucell telekom-operatorining 100% ulushini topshirmoqda. Rossiya tomoni Digital Holding rivojlanishi uchun 100 mln dollar miqdorida investitsiya, shu bilan birga USMʼning shoʻba korxonalari – CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan kiritmoqda.

QK tarkibiga kirish uchun “YueSeM Telekom” va MegaFon “Didjital Invest” kompaniyasiga asos solishdi, unda ikki kompaniyaning ulushi 50%dan taqsimlandi. Yangi QKda “Didjital Invest” ulushi 51%, DABA ulushi 49%ga teng.

Bitim doirasidagi jarayonlar 2021−yil davomida yakuniga yetadi. Digital Holding eʼtiborini Oʻzbekiston Respublikasida aloqa xizmatlaridan foydalanishni yana-da qulayroq qilish hamda sifatini oshirish uchun xalqaro standartlarga mos keluvchi telekommunikatsiya infrastrukturasini shakllantirishga, axborot xavfsizligi va maʼlumotlarni saqlash, baʼzi turdagi tovarlar harakatini markirovkalash va kuzatib borish sohalaridagi ilgʻor texnologiya va tizimlarni tatbiq etishga qaratadi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog