Markaziy bank O‘zbekiston so‘nggi 10 yilda eksport qilgan oltin hajmiga oid ma’lumotlarni e’lon qildi

Foto: Bloomberg

2020-yilda O‘zbekistonda xorijga 100 tonna nomonetar oltin sotgan. Bu haqda Markaziy bank hisobotida ma’lum qilindi.

Bu tonnalarda amalga oshirilayotgan sotuvlarga oid ma’lumotlarning so‘nggi 10 yil ichida birinchi marotaba e’lon qilinishi. Davlat statistika qo‘mitasi oltinga oid statistikani muntazam e’lon qilib keladi, biroq u miqdor emas, balki pul ko‘rinishida.

Markaziy bank hisobotidan ma’lum bo‘lishicha, eng kam oltin 2012-yilda sotilgan — 10 tonna, eng ko‘pi esa 2019-yilda — 110 tonna.

O‘tgan davr ichida narxlar ham sezilarli darajada o‘zgargan, masalan, 2012-yilda bir unsiya oltin 1668,9 dollar turgan bo‘lsa, 2015-yilda 1159,8 dollarni, 2020-yilda esa 1771 dollarni tashkil etgan.

Markaziy bank oltin qimmat bo‘lganida (2000 dollarga qadar) faol sotgan. Sentabrda, eksport to‘xtaganida qimmatbaho metall 1904 dollargacha arzonlashdi. Hozirda esa uning narxi 1724 dollarni tashkil etmoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog