Markaziy bank Interpay elektron pul tizimini roʻyxatdan oʻtkazdi

Markaziy bank yangi Interpay elektron pul tizimini qayd etdi, deb xabar beradi regulyator matbuot xizmati.

Elektron pullar Kapitalbank bilan birgalikda litsenziyali toʻlov tashkiloti InterpaySys tomonidan chiqariladi.

Elektron pul emissiyasi boʻyicha ishlarning boshlanish sanasi — 3-avgust.

Endilikda Markaziy bank elektron pul tizimi reyestrida oltita tizim mavjud. Birinchisi (OSON) oʻtgan yilning iyun oyida roʻyxatga olingan.

Regulyator 2020-yil avgust va noyabr oylarida reyestrga yana ikkita tizimni qoʻshdi.

Eslatib oʻtamiz, shu kungacha Oʻzbekistonda 5 ta elektron pul tizimi roʻyxatga olingan: Oson, E-card, Click, Wooppay, Alif.mobi.

Fikr bildirish

Latest from Blog