Markaziy bank dollarning rasmiy kursini 8100 soʻm etib belgiladi

Oʻzbekiston Markaziy banki 5-sentabrdan dollarning rasmiy kursini bir dollar uchun 8100 soʻm miqdorida belgiladi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Foto: presstv.ir

Oʻtgan haftada MB maʼlumotlari boʻyicha bir dollar qiymati 4210,35 tiyinni tashkil qilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oʻtgan dam olish kunlarida valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha dastlabki chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Farmonni imzolagan edi.

Hujjatga muvofiq endilikda jismoniy shaxslarga chet el valyutasini olish va sotish tartiblari soddalashtirilishi nazarda tutilgandi.

Eslatib oʻtamiz, shu kechayu-kunduzda Samarqand viloyatidagi «qora bozor»larda dollar kursi 7,3-7,5 ming soʻmni, Toshkent viloyatida esa 7,7-7,8 ming soʻmni tashkil qilgan.

Latest from Blog