Foto: Xalq so'zi

Marhum Botir Zokirov orden bilan taqdirlandi

Oʻzbekiston prezidentining 26-avgustdagi farmoni bilan taniqli sanʻat arbobi, Oʻzbekiston xalq artisti marhum Botir Zokirov (1936−1985) “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi. U hayot boʻlganida bu yil 85 yoshga toʻlgan boʻlar edi.

“Oʻzining buyuk isteʻdodi, noyob va betakror ijodi bilan oʻzbek estrada sanʻatiga asos solib, milliy madaniyatni rivojlantirish, uning shon-shuhratini dunyo xalqlari oʻrtasida keng targʻib etishga qoʻshgan beqiyos hissasi, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi unutilmas xizmatlarini inobatga olib mukofotlansin”, deyiladi hujjatda.

2020-yilning dekabrida prezident Botir Zokirov tavalludining 85 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Hujjatda Toshkentda unga atab milliy estrada oliy maktabi, sanʻatkor nomiga bagʻishlangan yodgorlik majmui va muzey ochilishi rejalashtirilgan edi.

Latest from Blog