Manchesterdagi teraktni uyushtirgan kimsaning shaxsi aniqlandi

23-mayga o‘tar kechasi Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida mahalliy vaqt bilan 22:30 da “Manchester Arena” stadionida kuchli portlash ro‘y bergani haqida xabar qilingan edi.

Foto: NY Daily News

Gazeta.ru“ning xabar qilishicha, portlagan bombani Liviyadan bir necha kun avval Manchesterga qaytgan 22 yoshli Salmon Obidi ismli o‘smir harakatga keltirgan. Shuningdek, Salmonning ham o‘zi portlash oqibatida halok bo‘lgan. Portlash bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan IShID terrorchilik guruhi xudkushni Liviyada o‘zini qurbon qilishga tayyorlagan.

Shuningdek, Salmonga teraktni amalga oshirishda yana noma’lum kimsalar yordam bergan bo‘lishi mumkin, degan taxminlar mavjud.

Hozirda terakt natijasida qurbonlar soni 22 kishiga yetgan bo‘lib, 120 kishi jiddiy tan jarohati olgan va 8 kishi bedarak yo‘qolgan. Voqea joyida qutqaruv xizmati va politsiya xodimlari ish olib borishmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog