Manchesterdagi portlashda 22 kishi qurbon boʻldi

Oʻtgan tunda Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida joylashgan «Manchester Arena» kontsert majmuasida kuchli portlash sodir boʻldi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Foto: CNBC.com

Manchester politsiya dastlabki maʼlumotlariga koʻra, ushbu terakt natijasida 22 kishi qurbon boʻlgan va 59 kishi jarohatlangan.

Kecha tunda «Manchester Arena»da amerikalik xonanda Arina Grandening kontserti boʻlib oʻtgan. Portlash kontsert tugab odamlar chiqib ketayotganda sodir boʻlgan.

Qutqaruv xizmatlarga birinchi qoʻngʻiroqlar soat 22:35 larda kela boshladi, sal keyinroq ijtimoiy tarmoqlarda guvohlar tomonidan stadionda ikki dona «portlashga oʻxshagan ovozlashlar eshitilganligi» haqida maʼlumotlar va videolar tarqaldi. Kontsertda bolalar koʻp boʻlganligi haqida maʼlumot berilmoqda. Shuningdek, ushbu portlash xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan deb tahmin qilinmoqda.

Eslatib oʻtamiz, «Manchester Arena» Yevropa Ittifoqida eng yirik stadion hisoblanib, 21 ming kishiga moʻljallangan. Ushbu stadion 1995-yilda ochilgan. Stadionda U2, Rolling Stones, Madonna va Luchiano Pavarotti singari taniqli artistlar tomonidan kontsertlar berilgan.

Latest from Blog