“Manchester United” Jadon Sancho transferiga jiddiy kirishgan

Jadon Sancho Angliya klubining asosiy transfer maqsadi boʻlib qolmoqda, ammo Dortmundning “Borussiya” klubi futbolchining narxini 108 million yеvrodan tushurmasa, muzokaralardan voz kechishi mumkin. Bu haqda “Sky Sports” sayti maʼlum qildi.

Jadon Sancho
goal.com

Dortmund klubining sport direktori Maykl Zork 20 yoshli vinger ushbu transfer oynasida sotilmasligini taʼkidlaganiga qaramay, “Manchester United” 108 million yevroga baholanayotgan Sanchoni sotib olishdan voz kechmayapti.
Avvalroq ingliz klubi futbolchi uchun zarur boʻlgan 120 million yеvro mablagʻni bir necha qismlarga boʻlib toʻlashga tayyorligini maʼlum qilgandi. Oʻtgan mavsumda 20 yoshli Jadon Sancho 44 oʻyinda 20 ta gol kiritib, jamoadoshlarining 20 ta goliga assistentlik qilgan. Eslatib oʻtamiz, futbolchining klub bilan shartnomasi 2023-yilning yozigacha amal qiladi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog