Maktablarda yakuniy imtihonlar bekor qilindi

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi joriy o‘quv yilida maktablarda yakuniy imtihonlarni o‘tkazishni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.

Foto: AOKA

U mazkur qaror prezident tomonidan karantin vaqtida aholiga imkon boricha qo‘shimcha qulaylik yaratish bo‘yicha belgilangan vazifani amalga oshirish hamda ko‘pchilik ota-onalarning iltimoslarini inobatga olgan holda qabul qilinganini ta’kidladi.

“Maktablarga o‘quvchilarning yillik baholarini istisno tariqasida joriy o‘quv yilining 3 ta chorak baholari asosida chiqarish tavsiya etiladi. Shu bilan birgalikda Kundalik.com tizimi joriy etilgan maktablarda karantin vaqtida tirishqoqlik bilan o‘qigan o‘quvchilarimizga rag‘batlantirish sifatida 4-chorakdagi faqat ijobiy baholarini ham yillik baholarini hisoblashda inobatga olish tavsiya etiladi”, — deya ma’lum qildi vazir.

Sherzod Shermatov karantin vaqtida “onlayn-maktab” orqali farzandlari bilan birga dars tayyorlagan barcha ota-onalarga minnatdorchilik bildirdi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog