Foto: UzA

Maktablarda sinf rahbarlariga qoʻyiladigan talablar oʻzgardi

2021-yilning fevral oyidan eʼtiboran xalq taʼlimi tizimida 5-sinfdan boshlab, 11-sinfga qadar yagona sinf rahbarini tayinlash boʻyicha Nizom joriy etildi.

Xalq taʼlim vazirligining maʼlum qilishicha, yangi Nizomga muvofiq, birinchi navbatda maktablarda sinf rahbarlariga qoʻyiladigan umumiy talablar ishlab chiqildi. Xususan,

  • kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega boʻlgan;
  • maktabda toʻliq stavkada asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan;
  • boʻlinib oʻqitiladigan fanlardan dars bermaydigan;
  • odob-axloqi va xulqi bilan oʻquvchilarga shaxsiy namuna boʻla oladigan;
  • ruhiy jihatdan barqaror boʻlgan;
  • oʻquvchilar bilan ishlash jarayoniga masʼuliyat bilan yondasha oladigan.

Shuningdek, qabul qilingan yangi nizomga muvofiq, sinf rahbarlarining:

  • amaldagi hujjatlari soni optimallashtirildi;
  • faoliyatini baholash mezonlari yaratildi;
  • malaka oshirish kurslari ishlab chiqildi;
  • ota-onalar bilan ishlash tizimi takomillashtirildi.

Amalga oshirilgan oʻzgarishlardan kutilayotgan asosiy natijalar:

  1. – sinf rahbarlarining oʻquvchilar tarbiyasiga taʼsiri sezilarli ravishda oshishi;
  2. – 5-sinfdan 11-sinfgacha yagona sinf rahbarining biriktirilishi natijasida sinfdagi ijtimoiy muhitni sogʻlom ravishda ushlab turish imkoni;
  3. – ota-onalar tomonidan oʻz farzandlarini taʼlim-tarbiya jarayoniga nisbatan qiziqishining ortishi.

Latest from Blog