Foto: Senat.uz

Maktablarda reproduktiv salomatlik oʻquv dasturlarini nomutaxassis pedagoglar tomonidan oʻqitilayotganligi aniqlandi

Senatorlar tomonidan hududlarda oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida umumtaʼlim maktablarida reproduktiv salomatlik va oʻsmirlar fiziologiyasi masalalarini oʻqitish masalasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida olib borilmayotganligi, shuningdek ushbu oʻquv dasturlarini maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan mutaxassislar tomonidan oʻqitilishi belgilangan boʻlsa-da, aksariyat maktablarda nomutaxassis pedagog xodimlar tomonidan oʻqitilayotganligi qayd etildi. Bu haqda voyaga yetmagan shaxslarning reproduktiv salomatligini saqlashga oid dolzarb masalalar muhokamasiga bagʻishlangan davra suhbatida maʼlum qilindi.

Shuningdek, reproduktiv salomatlik va oʻsmirlar fiziologiyasi masalalarini oʻqitish uchun alohida dars soatlari ajratilmagani, ayrim hollarda mazkur mavzulardagi mashgʻulotlar darslar oraligʻidagi katta tanaffuslar paytida ham tashkil etilayotganligi tanqid ostiga olindi.

Qolaversa, tegishli vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan oʻquv qoʻllanmalar, seminar-trening mashgʻulotlari oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomalar umumtaʼlim maktablariga toʻliq yetkazilmagan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar