Amaldagi tartibga koʻra oʻquv yili 2-sentabrdan 25-mayga qadar davom etadi. Oʻquv yil 34 haftadan iborat 4 ta chorakka boʻlinadi, har bir chorak oraligʻida taʼtillar belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yildagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, taʼtil kunlari quyidagicha belgilangan:
kuzgi taʼtil- 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
qishki taʼtil- 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
bahorgi taʼtil — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;
yozgi taʼtil — 26-maydan- 1-sentabrga qadar davom etadi.
1-sinf oʻquvchilari uchun esa fevral oyi davomida qoʻshimcha bir haftalik taʼtil belgilanadi.
Maʼlumki, pandemiya sharoitida oʻquv yili 14-sentabrdan boshlandi. hozircha taʼtil kunlariga oʻzgartirish kiritish rejalashtirilmagan, taʼtil kunlarining oʻzgarishi zaruriyati yuzaga kelganda Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi va bu haqda keng jamoatchilik xabardor qilinadi.