Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati

Maktabgacha ta’lim vaziri “Sputnik V” vaksinasi bilan emlandi

/

4-iyun kuni Maktabgacha taʻlim vaziri Agrippina Shin koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

U “Sputnik V” vaksinasini qabul qilgan.

Hukumat vakillari orasida bungacha faqat Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonovning vaksina qabul qilganligi rasman eʻlon qilingan edi. U xitoy-oʻzbek vaksinasining sinovida ishtirok etganligi uchun emlangan edi.

Avvalroq, SES boshligʻi oʻrinbosari COVID-19ʻga qarshi “Sputnik V” vaksinasi bilan “faqat amaldorlar emlanayotgani haqidagi qarash juda notoʻgʻri” ekanligi, mazkur vaksina bilan faqatgina 65 yoshdan kattalar emlanishi koʻzda tutilganligini maʻlum qilgan edi.

Latest from Blog