Makron Lukashenkoni ketishga undadi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron “Journal du Dimanche” nashriga bergan intervyusida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning isteʼfosini talab qildi. Bu haqda “Vesti.ru” sayti xabar berdi.

Foto: Gazeta.ru

Makron Belorus avtoritar boshqaruv inqirozini boshdan kechirmoqda, deb hisoblaydi.

Fransiya rahbari 14-sentyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashib, uni Lukashenkoga bosim oʻtkazishga undadi. Shuningdek, Moskva Minsk bilan juda yaqin aloqalarga ega, deb taʼkidladi Makron.

“Namoyishchilarning aksariyati bunga shubha qilmaydi”, dedi Fransiya prezidenti.

Makron Belarusda boʻlib oʻtgan oppozitsiya mitinglari ishtirokchilarining jasoratiga qoyil qoldi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog