Makgregor Meyvezerga qarshi jangni sabrsizlik bilan kutyapti


Yengil vazn toifasida UFC chempioni irlandiyalik Konor Makgregor boks bo‘yicha 12 karra jahon chempioni Floyd Meyvezerga qarshi jangga butunlay tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jang borasidagi shartnoma yaqin vaqt ichida imzolanadi.

Men jangga tayyorman. Buni sabrsizlik bilan kutyapman. Shartnomani imzolashga juda yaqin keldik. Boshqa hech narsa demayman, – deya Makgregorning so‘zlarini keltiradi IFL TV.

Avvalroq Las-Vegasdagi “Ti-Mobayl Arena” arenasi bu sportchilar o‘rtasidagi jang uchun 10-iyunga band qilinganligi ma’lum qilingan edi. Mazkur to‘qnashuv boks qoidalariga asosan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Latest from Blog