MAK Dushanbega chiptalar narxini pasaytirdi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 13-oktabrdan «Toshkent-Dushanbe-Toshkent» yo‘nalishida chiptalar narxini pasaytirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: hamsinf.com

Toshkentdan Dushanbega parvozning yakuniy qiymati bir tomonga 75 yevro, Toshkent-Dushanbe-Toshkent yo‘nalishi uchun esa 153 yevroni tashkil etdi. Ushbu narx barcha yig‘imlarni o‘z ichiga oladi. Dushanbedan Toshkentga parvozning yakuniy qiymati 87 yevro hamda Toshkent-Dushanbe-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 153 yevroni tashkil etadi.

O‘zbekiston hududida aviachiptalar uchun to‘lov milliy valyutadan sotish kunida Markaziy bank belgilagan kurs bo‘yicha amalga oshiriladi.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Tojikiston poytaxtiga parvozlarni haftaning seshanba kunlari A320 samolyotlarida amalga oshirmoqda.

Latest from Blog