Mahmud Murodov Endryu Sanchesni texnik nokautga uchratdi

Foto: UFC

23-yanvar kuni BAA poytaxti Abu-Dabining “Jangchilar orolida” oʻtgan UFC 257 musobaqasida oʻzbekistonlik sportchi Mahmud Murodov (25−6 MMA, 3−0 UFC) raqibi Endryu Sanches ustidan gʻalaba qozondi. Bu uning uchinchi gʻalabasi.

Birinchi raundda oʻzbekistonlik jangchi ustunlikka ega boʻldi, Murodov amerikalik raqibining old oyogʻi va bosh qismiga koʻproq zarba yoʻllad. Ikkinchi raundda esa Sanches faolroq harakat qilgan boʻlsada, oʻzbekistonlik sportchi raund soʻngida yetakchilik qildi.

Hal qiluvchi raundda Sanches Murodovga nisbatan bosim o‘tkazib, oldinga harakatlandi. O‘zbekistonlik jangchi o‘ng qo‘l bilan raqibining jag‘ qismiga bergan zarbasi natijasida Sanches muvozanatni yo‘qotdi. Murodovning yana bir nechta zarbasi esa jang taqdirini hal qildi.

UFC turnirdagi eng yaxshi jang sohiblariga bonus tarqatdi. Marina Rodrigez, Mahmud Murodov, Maykl Chendler va Dastin Porening har biri 50 ming AQSH dollaridan qo‘lga kiritdi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog