Madrid klubi sardori maoshi kamaytirilishiga qarshi emas

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi sardori Serxio Ramos pandemiya tufayli klubda yuzaga kelgan moliyaviy muammolar sababli maoshi kamaytirilishiga roziligini bildirgan.

Foto: Marca

“Marca” nashrining yozishicha, amaldagi shartnomani uzaytirish masalasidagi muzokarada tomonlar kelishuvda hali bir toʻxtamga kelmagan boʻlsada, Serxioning “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres bilan doʻstona munosabatda ekanligi vaziyatni yengillashtiradi. Qayd etilishicha, Ramos oylik maoshlarning qisqarishi boʻyicha klubning boshqa futbolchilariga ham taʼsir oʻtkaza olishi mumkin.

Maʼlumot uchun, 34 yoshli himoyachi 2005-yildan buyon “Real” sharafini himoya qilib keladi. U yakunlangan mavsumda La Ligada 35 oʻyinda maydonga tushib, 11ta golga mualliflik qilgan. Eslatib oʻtamiz, Ramosning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilning yozida yakunlanadi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog